404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Feruza Xodjayeva | Dekabr 17, 2009 - 11:44 am - Posted in Madaniyat, Новости

astronomiya.jpgAstronomiya fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir, ulug‘ bobomiz Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda Astronomiya muzeyi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutida tashkil etilgan muzeyning ochilishida O‘zFA prezidenti Shavkat Solihov, institut direktori Shuhrat Egamberdiyev Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ilm-fanni, jumladan, astronomiya sohasini rivojlantirish, xususan, Mirzo Ulug‘bek faoliyatining barcha jihatlarini, ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladilar.
Mingdan ziyod yulduz harakatining astronomik jadvali – Ziji Ko‘ragoniyni yaratgan, rasadxona va madrasalar bunyod etgan Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani, ayniqsa, astronomiya rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Ulug‘bek “Zij”i o‘rta asrlardayoq Osiyo va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Zij»ning yuzga yaqin forscha va o‘n beshdan ortiq arabcha nusxasi mavjud. Yevropalik mashhur astronomlar uni lotin, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilgan, sharhlar bitgan. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki matematik asar bunchalik ommalashmagan va shuhrat qozonmagan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosini o‘rganish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Alloma yashagan davr, uning hayoti va faoliyati haqida yangi-yangi kitoblar, ilmiy maqolalar, badiiy asarlar yaratilmoqda. Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi”, “Ilmu nujum” asarlari nashr etildi. Tarixchi olim A.Ahmedovning “O‘rta asrlarning buyuk allomasi”, “Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay”, “Mirzo Ulug‘bek va uning “Tarixi arba ulus” asari haqida” kitoblari chop qilindi.
Yurtimizda ulug‘ mutafakkir xotirasiga ehtirom sifatida 1994 yil “Mirzo Ulug‘bek yili” deb e’lon qilindi. O‘shanda alloma tavalludining 600 yilligi, joriy yilda esa 615 yilligi xalqaro miqyosda, jumladan, YUNESKO qarorgohi joylashgan Parij shahrida keng nishonlandi. Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahrida YUNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etilganini alohida qayd etish joiz. Ulug‘bek maktabi an’analarini davom ettirayotgan mazkur institut xalqaro ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirishga, eng ilg‘or fan yutuqlarini targ‘ib etishga xizmat qilayotir.
YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilgan Astronomiya muzeyining ochilishi mamlakatimizda koinot tadqiqotlari sohasini rivojlantirish va Mirzo Ulug‘bek merosini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir yorqin namunasidir. Muzeyda astronomiya fanining rivojlanish bosqichlari hamda Movarounnahr va Yevropa olimlarining ilmiy tadqiqotlarini o‘zida namoyon etgan boy ekspozitsiyalar, jumladan, turli asbob-uskunalar, teleskoplar, hujjatlar va buyumlar jamlangan. Muzeydan alohida joy olgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining asosiy uskunasi – devoriy kvadrantning maketi alloma davridagi astronomik kuzatuvlar haqida to‘liq ma’lumot beradi.
– Astronomiya barcha uchun qiziqarli fan, – dedi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xorxe Espinal. – O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish, xususan, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib etish borasida beqiyos ishlar amalga oshirilayotir. Noyob ekspozitsiyalarga boy bu muzey astronomiya olamiga sayohat qilish imkonini berish barobarida fan taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shadi.
uza.uz

This entry was posted on Payshanba, Dekabr 17th, 2009 at 11:44 and is filed under Madaniyat, Новости. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.