404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Нигора Жумаева | Fevral 18, 2011 - 11:19 am - Posted in Sport

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatining birinchi liga bellashuvlari yakunlandi. O‘ttiz nafardan ziyod shaxmatchi dona surgan musobaqada faqat to‘rt kishi oliy ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

To‘qqizinchi turning markaziy uchrashuvida surxondaryolik ikki shaxmatchi – Iroda Ibrohimova hamda Rayhon Doniyorova durangga imzo chekdi. Natijada jami yetti ochko jamg‘argan Iroda oltin medal va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan shaxmatchilar – Sevara Boymurodova va Gulruxsor Esonboyeva o‘rtasidagi bahs ham muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi. Chempionat davomida peshqadamlar safida borgan Sevara so‘nggi turda Gulruxsorga yutqazdi va oliy liga yo‘llanmasidan benasib qoldi. Hal qiluvchi bellashuvda muhim g‘alabaga erishgan G.Esonboyeva kumush medal bilan taqdirlandi.

Uchinchi o‘rin uchun kurashda poytaxtlik Yelena Verbova sakkizinchi turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng beshinchi o‘ringa tushib qolgandi. Lekin to‘qqizinchi turda farg‘onalik Gulruhbegim Tohirjonovani mot qilgan Yelena ochkolari sonini olti yarimtaga yetkazib, sovrindorlar qatoriga qo‘shildi.

Musobaqani to‘rtinchi pog‘onada yakunlagan surxondaryolik Rayhon Doniyorova ham mamlakat chempionatining oliy ligasida dona suradigan bo‘ldi.

manba  O‘zA

This entry was posted on Juma, Fevral 18th, 2011 at 11:19 and is filed under Sport. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.