404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Нигора Жумаева | Mart 29, 2011 - 4:26 pm - Posted in Sport

 Poytaxtimizda 27 mart kuni shaxmat bo‘yicha ikki jahon chempioni – o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov va hindistonlik Vishvanatan Anandning o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi hamda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur uchrashuv O‘zbekiston shaxmat sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir shaxmatchilarni tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarni sportga, jumladan, shaxmatga qiziqishini kuchaytirish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, mazkur sport turini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning intellektual va jismoniy salohiyatini oshirish, sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan katta e’tibor samarasida sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani alohida ta’kidlandi.

– O‘zbekiston izchil taraqqiy etayotgan mamlakatlardan, – dedi Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov (Rossiya). – Xalqaro moliyaviy inqiroz davrida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgani e’tiborga sazovor. Mamlakatingizda sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, ayniqsa, quvonarlidir. Holbuki, ko‘pgina mamlakatlarda sport, ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga so‘nggi masalalar sifatida qaraladi. O‘zbekistonda esa mazkur sohalarni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratilayotgani tahsinga loyiq. Masalan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning shaxsan o‘zi boshchilik qilayotgani davlatingiz rahbarining yosh avlodning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishi uchun ko‘rsatayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rligining amaldagi ifodasidir. Toshkentda ikki xalqaro grossmeyster – Rustam Qosimjonov va Vishvanatan Anand o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekistonning shaxmat borasidagi ulkan salohiyatining yorqin namoyoni bo‘ldi.

Darhaqiqat, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham Prezidentimizning ana shunday yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli kuchli shaxmatchi bo‘lib yetishdi. Rustam 10 yoshida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. 1994 yili o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va jahon birinchiligida bronza medalga sazovor bo‘ldi.

1997 yili iste’dodli shaxmatchimizga Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDEning 68-kongressida xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Rustam bu mavqega 18 yoshgacha erishgan jahondagi besh nafar shaxmatchidan biri bo‘ldi.

2004 yili Rustam Liviya poytaxti Tripoli shahrida dunyoning 56 mamlakatidan 128 nafar shaxmatchi ishtirok etgan jahon chempionatida jahon shaxmat tojini qo‘lga kiritdi. Shu yili Rustam Qosimjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga binoan “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi, ta’kidlaydi O‘zA.

Toshkentda shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuviga zamonamizning eng kuchli shaxmatchilaridan biri – Vishvanatan Anand taklif etilishi mamlakatimizda shaxmat sporti keng rivojlanganidan shaxmatchilarimiz salohiyati yuksakligidan dalolat beradi. Binobarin, V.Anand – to‘rt marta jahon chempioni bo‘lgan.

– Besh yil avvalgi bir uchrashuvda Rustam Qosimjonovga g‘alabani boy bergan edim, – deydi Vishvanatan Anand. – Uning deyarli barcha o‘yinlarini kuzatib boraman. O‘zbekiston shaxmatining faxri bo‘lmish Rustam Qosimjonovning qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari O‘zbekistonda sportning barcha turlari qatori shaxmatning ham izchil rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganidan dalolatdir. Ishonamanki, yurtingiz yoshlari kelgusida shaxmat sohasida yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishadi.

2004 yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov va amaldagi jahon chempioni Vishvanatan Anand o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi “match-rapid” tartibida to‘rt partiyadan iborat bo‘ldi. Unda Vishvanatan Anand 3,5:0,5 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining rasmiy sayti – uzchess.uz orqali onlayn tarzda translatsiya qilingan mazkur partiyalarni jahonning turli mamlakatlaridagi minglab shaxmat muxlislari va mutaxassislari kuzatib bordi.

28 mart kuni amaldagi jahon chempioni Vishvanatan Anand poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida mamlakatimizning eng iste’dodli yosh shaxmatchilari bilan seminar-trening o‘tkazdi.

Rustam Qosimjonov esa 29 mart kuni ana shunday seminar-trening o‘tkazadi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov ishtirok etdi.

This entry was posted on Seshanba, Mart 29th, 2011 at 16:26 and is filed under Sport. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.