404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Нигора Жумаева | Aprel 1, 2011 - 10:46 am - Posted in 1

Poytaxtimizda Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik, idora, davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi.O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi O.Jamoliddinova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimiz yoshlarini har tomonlama yetuk, bilimli va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Bugun o‘z safida 2 million 700 mingdan ko‘proq o‘quvchi-yoshlarni birlashtirgan “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

2010 yili “Kamalak” tomonidan o‘n to‘rt loyiha amalga oshirildi. “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar”, “Kamalak” bilimdonlari”, “Kamolot”da kamol topdim”, “Biz tinchliksevar yurt farzandlarimiz” singari loyihalar yoshlarning iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishda yangi imkoniyatlar yaratdi.

“Kamalak” a’zolari bo‘lgan 10-14 yoshli o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yozgi dam olish mavsumida “Yozni “Kamalak” bilan o‘tkaz” loyihasiga ko‘plab yoshlar qamrab olindi. Oromgohlardagi madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda 1,5 milliondan ko‘proq o‘quvchi ishtirok etdi.

Yoshlar uchun mahallalarda kompyuter savodxonligi va til o‘rganish kurslari, “Kutubxona kuni”, “Ko‘chma teatr” aksiyalari tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida ham faol ishtirok etmoqda. Joylarda barpo etilgan ko‘plab “Kamalak” va “Kamolot” bog‘lari buning dalilidir.

Navqiron avlod vakillari Vatanimiz mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan bunday xayrli ishlar ko‘lamini yanada kengaytirayotir. Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan ana shu vazifalar qamrab olingan “Baxtli bolalik”, “Men ham askar bo‘laman”, “BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari – mening nigohimda” kabi ko‘plab loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, o‘quv-uslubiy seminarlar, ijodiy bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Maqsad – yoshlar qalbida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularni ertangi kunimizning munosib davomchilari etib tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarning ijodiy-intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish va ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Tadbirda Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining istiqboldagi vazifalari belgilab olindi.

This entry was posted on Juma, Aprel 1st, 2011 at 10:46 and is filed under 1. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.