404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Нигора Жумаева | Aprel 1, 2011 - 11:15 am - Posted in Новости

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 mart kuni Oqsaroyda YEXHTning kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 mart kuni Oqsaroyda YEXHTning kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari K.Vollebekning Markaziy Osiyoda millatlararo munosabatlarga oid dolzarb masalalarga e’tiborini yuqori baholab, tinchlik va barqarorlikni saqlashda, inson huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashda YEXHTning kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Millatlararo va konfessiyalararo bag‘rikenglik tarixan mamlakatimizni rivojlantirishning o‘ziga xos jihati bo‘lib kelgan. Millatlararo totuvlik va barqarorlik O‘zbekiston Respublikasida davlat siyosati va ijtimoiy taraqqiyotning tub maqsadlaridan biridir, deya ta’kidlaydi O‘zA.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida millati, dini va tilidan qat’i nazar, barcha fuqarolar teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi kafolatlangan. Bugungi kunda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamiyatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati tuzilmalarida mamlakatdagi barcha millat va elatlar vakillari faoliyat ko‘rsatmoqda.

K.Vollebek 2010 yilning iyun oyida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida yuz bergan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston tutgan pozitsiyaga yuksak baho berib, bunday har tomonlama puxta o‘ylangan og‘ir-vazmin yondashuv mojaroning avj olishi va davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olish imkonini berganini alohida qayd etdi. YEXHT Oliy komissari Qirg‘izistonda ro‘y bergan voqealar yuzasidan mustaqil xalqaro tergov o‘tkazish muhim ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YEXHTning kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari idorasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

This entry was posted on Juma, Aprel 1st, 2011 at 11:15 and is filed under Новости. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.