404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Нигора Жумаева | Aprel 1, 2011 - 11:24 am - Posted in Новости

“UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazida “Davlat boshqaruvi tizimida axborot texnologiyalarini rivojlantirishning roli va ahamiyati” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda davlat qo‘mitalari, idoralari va agentliklari vakillari ishtirok etdi.

Seminardan asosiy maqsad – O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bilan tanishishdan iborat.

– Davlat idoralarida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanishi boshqaruv samaradorligini oshirish, mamlakat axborot oshkoraligini ta’minlash, davlat organlarining fuqarolar va tadbirkorlar bilan muloqotida tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beradi, – deydi axborot ta’minoti va gov.uz hukumat portalini rivojlantirish guruhi rahbari O.Umarov. – Prezidentimiz Islom Karimovning 2005 yil 8 iyulda qabul qilingan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yuqori texnologiyali telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega. Bugun hayotni kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalari, internet, mobil aloqa vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Shu bois, iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish, hukumat va fuqarolar o‘rtasida hamjihatlikni ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati e’tiborga olinib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Seminarda davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri bo‘lgan davlat organlari saytlarini hamda interfaol davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish, axborot tizimlari va resurslarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, qatnashchilar “elektron hukumat” tizimida axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va bu borada erishilgan muvaffaqiyatlar bilan tanishdilar.

Tadbirda davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish asoslari, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish masalalari muhokama etildi. Seminar ishtirokchilari davlat hokimiyati va boshqaruvida axborot texnologiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari va bu borada erishilgan yutuqlar xususida tajriba va fikr almashdi. Davlat tuzilmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

This entry was posted on Juma, Aprel 1st, 2011 at 11:24 and is filed under Новости. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.