404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

By Нигора Жумаева | Aprel 1, 2011 - 12:16 pm - Posted in 1

Toshkent arxitektura-qurilish institutida “Intellektual salohiyatli yoshlar – mamlakatimiz istiqbolining kafolati” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, oliy ta’lim tizimi mutasaddilari, mazkur institutning professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Otamurodov, Toshkent arxitektura-qurilish institutining prorektori N.Samig‘ov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish, yoshlarga bilim berish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish, qobiliyatli yoshlarni har tomonlama rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Bunda yoshlarning ijodiy-intellektual loyiha va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish – doimiy e’tiborda.

Toshkent arxitektura-qurilish institutida uch ming nafardan ortiq yigit-qiz tahsil olmoqda. Yoshlarga puxta bilim berish barobarida, ularning me’morlik, binolar dizayni, shaharsozlik va landshaft me’morchiligi, qishloq qurilishi arxitekturasi, arxitektura tarixi va yodgorliklarni ta’mirlash kabi yo‘nalishlarda faol ilmiy tadqiqot va izlanish olib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ilmiy ishlanmalarning yo‘nalishini tanlashda, ularni amaliyotga joriy etishda yurtimizdagi sohaga oid turli korxona va tashkilotlar bilan imzolangan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalari muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu esa iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or ilmiy izlanishlar va g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, institut bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash imkonini berayotir.

Institut talabalari tomonidan o‘rganilayotgan tadqiqotlar, innovatsion loyihalar “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovi, Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida yuqori baholanmoqda.

Davra suhbatida talabalarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga oid ma’ruzalar tinglandi.

This entry was posted on Juma, Aprel 1st, 2011 at 12:16 and is filed under 1. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can leave a response, or trackback from your own site.

Leave a Comment

Please note: Comment moderation is enabled and may delay your comment. There is no need to resubmit your comment.