By Нигора Жумаева | Mart 29, 2011 - 4:26 pm - Posted in Sport

 Poytaxtimizda 27 mart kuni shaxmat bo‘yicha ikki jahon chempioni – o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov va hindistonlik Vishvanatan Anandning o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi hamda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur uchrashuv O‘zbekiston shaxmat sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir shaxmatchilarni tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarni sportga, jumladan, shaxmatga qiziqishini kuchaytirish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, mazkur sport turini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. Read The Full Story…